Galaxy S22 Ultra'dan so‘ng, S22 hamda S22+ smartfonlarining renderlari e’lon qilindi

Galaxy S22 Ultra'dan so‘ng, S22 hamda S22+ smartfonlarining renderlari e’lon qilindi

Kecha Samsung Galaxy S22 Ultra'ning renderlari OnLeaks tomonidan e’lon qilingan edi. Endi esa ushbu sayt Galaxy S22 hamda S22+ smartfonlarning suratlarini ham namoyish qildi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi!

S22 Ultra'dan farqli o‘laroq, S22 hamda S22+ qurilmalari o‘zlarining avvalgi avlodlariga o‘xshaydi. Bunga orqa paneldagi vertikal joylashgan uchta kamerani misol qilib ko‘rsatish mumkin.

Ikki smartfonning texnik jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilmagan, biroq Galaxy S22 smartfoni 7.6mm qalinlikda bo‘lib, uning displey hajmi 6 dyuymni tashkil qiladi.

Qurilma, shuningdek, 50MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera hamda telefoto kamera bilan jihozlanadi. Galaxy S22+ smartfoni esa 7.6mm qalinlikda bo‘lib, displey hajmi 6.5 dyuymni tashkil qiladi. Odatdagidek, smartfonlarda 3.5mm audio jek mavjud emas.

O‘QING: Samsung Galaxy M52 5G taqdim qilindi