Galaxy S22 Ultra'ning kamera qirolligi davri tugadi
Ice Universe taxallusi bilan tanilgan insayder Samsung'ning hozirgi Galaxy S22 Ultra va Vivo yaqinda taqdim qilgan X90 Pro+ smartfonlari bilan olingan suratlarni taqqosladi. Ma'lum bo'lishicha, rasmlar smartfonlarning 10X zum qobiliyatiga ega telefoto kamerasi bilan olingan.
Samsung 10x telephoto era, over. pic.twitter.com/heI4v5OXEc
— Ice universe (@UniverseIce) November 28, 2022
"Samsung'ning 10x telefoto davri tugadi", - deydi insayder Vivo smartfonining ushbu bellashuvda shubhasiz g'olib ekanligi ta'kidlagan holda.
Haqiqatda suratlarga qarab Vivo X90 Pro+ bilan olingan tasvirlar nihoyatda aniq detalli va rangliroq ekanligini ko'rishimiz mumkin.
O'QING: Xiaomi 13 smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma’lum bo‘ldi!