Galaxy S22 yangi rangda taqdim qilindi

Galaxy S22 yangi rangda taqdim qilindi

Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy S22 smartfonining "Bora Purple" deb nomlanuvchi rangdagi variantini chiqarganini e'lon qildi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, "Bora" so'zi koreys tilidan "siyohrang", "Purple" esa ingliz tilidan "siyohrang" deb tarjima qilinadi. Shunday qilib, endilikda Galaxy S22 "siyohrang siyohrang" rangdagi variantga ham ega.

Samsung Galaxy S22 Bora Purple rangida. Foto: Samsung

"Bora Purple och va neytral ohanglari bilan optimizm va xotirjamlik tuyg'usini o'zida mujassam etgan. Siz K-pop yulduzi bo'lasizmi yoki binafsha rangini sevasizmi, Galaxy S22 Bora Purple siz uchun yaratilgan." deydi Sonia Chang, Samsung Electronics kompaniyasining MX Business'dagi global brend bo'yicha marketing guruhi vitse prezidenti.

Ikki karra siyohrang rangdagi Galaxy S22 chiqarilguniga qadar, Janubiy Koreya kompaniyasining eng so'nggi flagman seriyasining asosiy modeli binafsharang rangda mavjud edi. U siyohrangdan ko'ra ko'proq och rangdagi pushtiga o'xshaydi, shuningdek, u ikki xil rangda: kamera moduli va yon ramkasi oltin rangda edi.

Samsung Galaxy S22 Bora Purple rangida. Foto: Samsung (The Verge orqali)

Yangi rang nafaqat Galaxy S22 uchun, balki, tez kunlarda boshqa Samsung qurilmalari uchun ham tadbiq qilinadi. Galaxy S22 Bora Purple smartfoni esa keyingi avgust oyining 10-sanasidan boshlab Yevropa, Janubiy Koreya va Amerikada o'zgarmagan narxda sotuvga chiqariladi.

O'QING: Galaxy Watch 5 seriyasining narxi ma’lum bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!