Galaxy S22’lar haqidagi bu ma’lumotlar Samsung fanatlarini xursand qilmaydi

  •   DiMaX
  •  12140
  •  15.06.2021 09:56

Galaxy S22’lar haqidagi bu ma’lumotlar Samsung fanatlarini xursand qilmaydi

Kuni kecha Samsung kompaniyasining o‘rta narx toifasidagi ikkita ommabop smartfonida yangilanishlar borasida noxush xabar chiqqan edi. Endi esa uning keyingi yilga mo‘ljallagan flagmanlari – Galaxy S22 turkumi xususida ayrim ma’lumotlar tarqalmoqda. Afsuski, ularning ayrimlari mazkur brend muxlislariga yoqmaydi.

O‘QING: Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Bu yilgi flagmanlar oilasida bo‘lgani kabi, 2022 yildagi eng ilg‘or smartfonlar turkumiga ham uchta model kirishi kutilmoqda: standart Galaxy S22, yanada ilg‘or Galaxy S22 Plus hamda eng kuchli Galaxy S22 Ultra. Insayderlarning yozishlaricha, bular orasidan faqat so‘nggisigina shishadan ishlangan orqa panelga ega bo‘ladi. Unga nisbatan arzonroq bo‘lgan qolgan ikkitasi esa «kuchaytirilgan polikarbonat»dan yasalgan korpus bilan kifoyalanadi.

Aytish kerakki, Samsung ushbu yo‘nalishdagi birinchi qadamini 2021 yildayoq tashlagan: Galaxy S21+ hamda Galaxy S21 Ultra flagmanlari orqa qopqog‘i shishadan qilingan bo‘lsa, Galaxy S21 modeli plastik korpusda taqdim etilgan.

O‘QING: Samsung Galaxy S smartfonlari: eng yomonidan eng yaxshisigacha

Orqa qopqog‘ining materialidan tashqari, Galaxy S22 turkumiga oid yana bitta noxush xabar bor. Ular orasida faqat eng qimmat Galaxy S22 Ultra modelida LTPO texnologiyasiga ega displeyga ega bo‘ladi.

Ta’kidlab o‘tamiz: yuqoridagilarning barchasi hozircha rasman tasdiqlanmagan ma’lumotlardir; ammo insayderlar bergan shu kabi axborotlar oxir-oqibatda rost bo‘lib chiqishi holatlari ham ko‘p uchraydi.

Samsung mazkur flagmanlarini 2022 yilning yanvar oyida taqdim etishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyun)