Galaxy S22'ning akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi aniq bo‘ldi

Galaxy S22'ning akkumulyator sig‘imi qancha bo‘lishi aniq bo‘ldi

Galaxy S22 smartfoni S21'ga qaraganda kichikroq bo‘ladi. O‘z navbatida yangi qurilmaning akkumulyator sig‘imi ham kichrayadi. Bir necha hafta oldin tarqalgan mish-mishlarda smartfonning akkumulyator sig‘imi 3,700 mAs bo‘lishi aytilayotgan edi. Endi esa akkumulyatorning surati ushbu mish-mishlarning to‘g‘ri ekanligini tasdiqladi.

O‘QING: Samsung Galaxy S22 smartfonining korpus o‘lchamlari iPhone 13 bilan taqqoslandi

Shuni ta’kidlash kerakki, avvalagi S21 hamda S20 smartfonlari 4,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, S22'ning akkumulyator sig‘imi 300 mAs ga kamaygan.

Garchi Galaxy S20 hamda S21'ning akkumulyator hajimlari bir xil bo‘lsa-da, S21'ning akkumulyator avtonomligi S20'ga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Ya’ni yangi Galaxy S22 smartfonining akkumulyator sig‘imi kichikroq bo‘lsa ham, uning akkumulyator avtonomligi avvalgi ikki smartfonnikiga qaraganda bir muncha yuqoriroq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Galaxy S22+ smartfoni 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator, S22 Ultra esa 5,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lishi ham aniq bo‘ldi. Galaxy S21+ bilan taqqoslaganda S22+ smartfonining ham akkumulyator hajmi 300 mAs ga kamaygan. S22 Ultra'da S Pen uchun uya bo‘lishiga qaramay uning akkumulyator hajmi o‘zgarmagan.

O‘QING: Galaxy S22 Ultra'dan so‘ng, S22 hamda S22+ smartfonlarining renderlari e’lon qilindi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.