Galaxy S23+ jonli suratlarda!

Galaxy S23+ jonli suratlarda!

Garchi Samsung hali 100% rasman Galaxy S23 smartfonlari taqdimoti sanasini ma'lum qilmagan bo'lsa ham, bir necha kun avval kompaniyaning Kolumbiyadagi rasmiy veb-sayti flagmanlar 1-fevral kuni chiqarilishini tasdiqlab qo'ydi. Shunday ekan taqdimotga qadar hali yana bir necha hafta bor, biroq undan avval Internetda bo'lajak Galaxy S modellarining biri qo'lda, jonli ko'rinishda paydo bo'ldi.

Surat va videoda siz Galaxy S23+ modelini ishlab turgan holda ko'rishingiz mumkin. Media sifati pastroq bo'lgani uchun aniq detallarni ko'rish qiyin, lekin ulashilgan suratda Galaxy S23+ smartfonining yaqinda taqdim qilingan Galaxy A14 kabi kamera dizayniga ega ekanligini ko'rishingiz mumkin.

Shuningdek, videoda Telefon haqida sahifasini ko'rishingiz va undan smartfon model raqami SM-S916B/DS ekanligini bilib olishingiz mumkin.

Galaxy S23+ Galaxy S23 va Galaxy S23 Ultra bilan yuqorida aytilganidek 1-fevral kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Hamyonbop yangi Galaxy smartfoni taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!