Galaxy S23 modellarining akkumulyator hajmi kanchaligi ma’lum bo‘ldi

Galaxy S23 modellarining akkumulyator hajmi kanchaligi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan oyda Galaxy S23, S23+ hamda S23 Ultra modellari 3C sertifikatida 25 vattda quvvat olishi ma’lum bo‘lgan edi. Ammo unda qurilmalarining akkumulyator hajmi qancha bo‘lishi aytilmagan edi.

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy S23 modeli 3,900 mAs (avvalgi modelda 3,700) sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Shuningdek, Plus hamda Ultra modellarining akkumulyator hajmi ham qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

GalaxyClub bergan ma’lumotlarga ko‘ra, S23+ modeli 4,700 mAs (avvalgi modelda 4,500 mAs) sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. S23 Ultra'ning akkumulyator hajmi o‘zgarmaydi - 5,000 mAs. 

Manba, shuningdek, S23 hamda S23+ smartfonlari 12MP ultrakeng kamera bilan jihozlanishi aytmoqda. 

O‘QING: Internetda Galaxy A54'ga oid bo‘lgan ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi