Galaxy S23 modellarining akkumulyator sig‘imi qancha bo‘ladi?

Galaxy S23 modellarining akkumulyator sig‘imi qancha bo‘ladi?

Samsung kompaniyasining yangi Galaxy S23 modellariga oid yangiliklar chiqishni davom etmoqda. Bu safar ularning akkumulyator sig‘imi va quvvatlanish tezligi qancha bo‘lishi ochiqlandi. 

Ice Universe bergan ma’lumotga ko‘ra, Galaxy S23 va S23+ modellarining akkumulyator sig‘imi avvalgi modellarga qaraganda kengayadi. Ammo quvvlanish tezligida o‘zgarish bo‘lmaydi. 

Galaxy S23 modeli 25 vattda quvvat oluvchi 3,900 mAs sig‘imli akkumulyator ega bo‘lishi kutilmoqda. Bu yerda akkumulyator sig‘imi 3,700 mAs dan 3,900 oshganini ko‘rishimiz mumkin. S23+ modelida ham akkumulyator sig‘imi 200 mAs ga oshgan bo‘lib, endi yangi model 4,700 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Ushbu model 45 vattda quvvat oladi. 

Ultra modelga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda hech qanday o‘zgarish yo‘q. Xuddi avvalgidek S23 Ultra modeli 45 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Avvalgi mish-mishlarda yangi seriya 1 fevral sanasida taqdim etilishi aytilayotgan edi. 

O‘QING: Redmi Note 12 Pro Speed Edition - bunisiga nima deysiz? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.