Galaxy S23 seriyasi endi ikki xil chipda taqdim etilmaydi

Galaxy S23 seriyasi endi ikki xil chipda taqdim etilmaydi

Bir necha yildan buyon Samsung o‘zining falgaman S seriyasi modellarini ikki xil chip bilan taqdim etib kelmoqda. Kompaniya o‘z flagmanlarini Xitoy va AQSh bozori uchun Snapdragon, boshqa hudud bozorlari uchun esa Exynos chipi bilan jihozlanamoqda.  

Tahlilchi va insayder Ming Chi Kuoning ta’kidlashicha, S23 modellari faqatgina Snapdragon chipi bilan jihozlanadi. Bu Snapdragon 8 Gen2 bo‘lishi kutilmoqda. 

Kuoning fikriga ko‘ra, unumdorlik va quvvat samaradorligi jihatidan Exynos 2300 chipi Snapdragon 8 Gen2 bilan teng bo‘lishiga kompaniya ishonch hosil qilmayapti. 

Galaxy S23 seriyasining taqdim etilishiga hali ancha vaqt bor. Ungacha insayderlardan bu to‘grisida batafsil ma’lumot kutib qolamiz. 

O‘QING: iPhone 14 qachon taqdim qilinishi aytildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!