Galaxy S23 seriyasi uchun himoya oynalari ko'rsatildi

Galaxy S23 seriyasi uchun himoya oynalari ko'rsatildi

Samsung smartfonlari haqida ishonchli ma'lumotlar beradigan taniqli insayder, Ice Universe bu safar yaqinlashib kelayotgan Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlar: Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra uchun himoya oynalari suratlarini ulashdi.

Birinchi suratdan ko'rish mumkinki, qatordagi Plus model, ehtimol, eng ingichka ramkaga ega bo'ladi. Biroq, navbatdagi suratda Galaxy S23 Ultra ramkalari sezilarli darajada ingichka ko'rinadi.

"Haqiqiy telefonning ramka o'lchamini himoya oynasi o'lchami bo'yicha taxmin qilmang, bu ko'pincha noto'g'ri bo'ladi." deydi insayder.

Shuningdek, uning qo'shimcha qilishicha, Galaxy S23'ning ekrani tekis, Galaxy S23 Ultra'ning esa yon tomonlari egri bo'lganligi sabab ham u qatordagi eng ingichka ramkali smartfon bo'ladi.

O'QING: Apple'ning navbatdagi iPhone'lari yon tomonlarida taktil sensorlar bilan jihozlanadi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.