Galaxy S23 seriyasi – narxlar qanaqa?

Galaxy S23 seriyasi – narxlar qanaqa?

Samsung kompaniyasi o'zining yangi flagmanlarini taqdim qilishiga atigi bir necha hafta qoldi, lekin biz allaqachon bo'lajak Galaxy S23 seriyasi haqidagi deyarli barcha ma'lumotlarni: dizayn va texnik xususiyatlarini bilib bo'ldik, narxlaridan tashqari.

Galaxy S23 smartfonlari narxiga to'xtaladigan bo'lsak, bir necha kun avval Internetda bo'lajak Samsung flagmanlarining Avstraliya bozori uchun rasmiy narxi haqidagi yangiliklar ko'pchilikning hafsalasini pir qildi – narxlar 100-200 dollarga oshgan. Biroq, bu holat amerikaliklar uchun amal qilmaydigan ko'rinadi: Reddit ijtimoiy tarmog'ida Verizon rasmiy aloqa operatori orqali sotiladigan Galaxy S23 seriyasi narxlari paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, Galaxy S23'ning o'zi, ya'ni boshlang'ich model uchun bazoviy narx 799,99 dollardan boshlanadi. Undan biroz yuqorida esa Galaxy S23+ modeli 999 dollardan, yana biroz yuqorida esa Galaxy S23 Ultra 1,199 dollardan sotuvga chiqariladi. Aytish kerakki, bu o'tgan yilgi Galaxy S22 smartfonlari narxi bilan bir xil hisoblanadi.

Narxlardan tashqari shuni aytish mumkinki, Galaxy S23 uchun boshlang'ich xotira konfiguratsiyasi 8/128 GB dan boshlanadi. Galaxy S23+ esa yangi, 8/256 GB dan va Galaxy S23 Ultra ham xuddi shu bazoviy xotira konfiguratsiyasida keladi. Oddiy modelni siz 256 GB, Plus va Ultra modellarni esa 512 GB doimiy xotirali variantlarda ham topishingiz mumkin. Shuningdek, Ultra modelning 12 GB operativ xotirali varianti ham mavjud.

Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlar 1-fevral kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: One UI 5.1 янгиланишини қабул қиладиган смартфонлар рўйхати маълум бўлди

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!