Galaxy S23 seriyasi qachon taqdim qilinishi oshkor bo'ldi

Galaxy S23 seriyasi qachon taqdim qilinishi oshkor bo'ldi

Samsung odatda o'zining Galaxy S seriyasidagi flagman smartfonlarini har yilning birinchi choragida, ko'pincha fevral oyi oxirlarida taqdim qiladi. Biroq, bu yil kompaniya Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra smartfonlarini kutilganidan bir necha hafta avval, fevral boshida namoyish qildi va bu ushbu vaqt oralig'i keyingi yil uchun ham amal qilishi mumkin.

Janubiy Koreyadan Chosun Media nashrining xabar berishicha, Samsung o'zining navbatdagi Galaxy S23 smartfonlarini 2023-yil fevral oyining ilk haftasida taqdim qiladi. Ma'lum bo'lishicha, kompaniya keyingi yilgi Unpacked taqdimotini AQSHning San-Fransisko shahrida o'tkazishni rejalashtirmoqda. Namoyish qilingan qurilmalar 2023-yilning 17-fevral atrofidan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Shuningdek, manbaning qo'shimcha qilishcha, Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlari asosan Qualcomm'ning (hali taqdim qilinmagan) Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan jihozlanadi, lekin shu bilan birga, kompaniyani o'zining (hali taqdim qilinmagan) Exynos 2300 chipsetli modellari ham chiqarilishi tahmin qilinmoqda.

Qolaversa, bundan avval Galaxy S23 va Galaxy S23+ modellari hozirgi Galaxy S22 Ultra smartfonida bo'lgani kabi kamera orolisiz chiqarilishi, Galaxy S23 Ultra esa 200MP kameraga ega bo'lishi mish-mish qilingan edi. Katta ehtimol bilan smartfonlar qutidan One UI 5 bilan chiqadi.

O'QING: Galaxy S23 seriyasi uchun himoya oynalari ko‘rsatildi