Galaxy S23 seriyasi taqdimot sanasi rasman ma'lum bo'ldi!

Galaxy S23 seriyasi taqdimot sanasi rasman ma'lum bo'ldi!

Samsung kompaniyasi bir necha oydan beri Galaxy S23 flagmanlarini taqdim qilishi haqida mish-mish qilib kelinayotgan edi, bugun esa shu ularga yakun yasaladigan ko'rinadi – Samsung Kolumbiya veb-sayti Galaxy Unpacked taqdimotiga taklif qilmoqda.

Avvalroq uzunquloq xabarlardan Galaxy S23 seriyasi fevral oyi boshida taqdim qilinishini bilib olgan edik. Endilikda Samsung Kolumbiya ulashgan tizer surat taqdimot rasman 1-fevral kuni o'tkazilishini tasdiqlamoqda.

Tizer posterga bir qarashda uchlik kameralar e'tiboringizni tortadi. Albatta, ular Galaxy S23 smartfonlariga tegishlidir. Shuningdek, poster burchaklarida barg va lilak gullarini ko'rishingiz mumkin. Ehtimol, ular bo'lajak smartfonlarning ranglariga ishora qiladi.

1-fevral, ya'ni taqdimtot sanasi bilan birga "Epik lahzalar yaqinlashib kelmoqda" deyiladi posterda.

O'QING: 2023 yildagi ilk Galaxy A smartfoni taqdim etildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.