Galaxy S23 seriyasining ilk taxminiy daqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Galaxy S23 seriyasining ilk taxminiy daqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi

Galaxy S23 seriyasiga oid yangi xabarlar chiqishi to‘xtamayapti. Demak, yangi modellar tez orada taqdim etiladi. Bugun yangi qurilmalarning taxminiy taqdimot sanasi qachon o‘tkazilishiga oid xabar paydo bo‘ldi. 

Bir necha ishonchli insayderlarning bergan ma’lumotiga ko‘ra, Galaxy S23 modellari 1 fevral sanasida taqdim etiladi. Shu yili S22 seriyasi 9 fevralda namoyish etilgan edi. @OnLeaks hamda Ice Universe insayderlari S23 modellari 1 fevralda taqdim etilishi mumkinligini aytishmoqda. Biroq bu rasmiy xabar emas, Samsung taqdimot to‘g‘rida hech qanday rasmiy ma’lumot bermadi. 

Galaxy S22 modellaridan farqli o‘laroq S23 smartfonlarining barchasi Snapdragon 8 Gen 2 chipi bilan jihozlanadi.

O‘QING: Samsung o‘z qurilmalarining batareyasi uzoqqa yetmasligini biladimi? 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!