Galaxy S23 smartfonida kutilgan o‘zgarish bo‘ladi

Galaxy S23 smartfonida kutilgan o‘zgarish bo‘ladi

2019 yilda taqdim etilgan Galaxy S10 smartfoni 10MP slefi kameraga ega edi. Bu smartfon uchun yangilanish bo‘lib, avvalgi S9 modeli 8MP selfi kamera bilan jihozlangan edi. 

Vaqt o‘tib, S20 va S21 modellariga ham 10MP selfi kameralar o‘rnatildi (Ultra modellar bundan mustasno). Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, kelasi yilgi Galaxy S23 smartfoni 12MP selfi kameraga ega bo‘ladi. 

Galaxy S23 va S23+ modellarini 12MP selfi kamera bilan jihozlanishi haqidagi ma’lumotlarni GalaxyClub nashri bermoqda. Selfi kamera yomaloq tirqishdan o‘rin oladimi yoki u ekran ostiga joylashadimi, bu hozircha noma’lum. Selfi kamerada optik stabilizatsiya bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ham aniq emas. 

Yangi seriyaning katta vakili S23 Ultra haqida ayni vaqtda hech qanday ma’lumot yo‘q. Undagi selfi kamera 40MP bo‘lib qoladimi yoki uning rezolyutsiyasi oshadimi, bu to‘grisida ham ma’lumot mavjud emas. 

Galaxy S23 seriyasining taqdim etilishiga hali ancha vaqt bor. Ungacha yangi tavsilotlar chiqishni davom etadi. 

O‘QING: Nothing smartfoni noyob qobilyatlarga ega! 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!