Galaxy S23 smartfonlari ekrani 1 metr balandlikdan betonga tushganda ham tirik qoladi!

Galaxy S23 smartfonlari ekrani 1 metr balandlikdan betonga tushganda ham tirik qoladi!

Gorilla Glass oynalari o'zining yuqori chidamliligi bilan ko'plab Android smartfonlarida qo'llanib kelinadi. Samsung'ning S seriyasidagi smartfonlari esa anchadan beri Corning kompaniyasining ushbu himoya oynalari uchun ilk xaridorlar bo'lib kelishgan va bu davom etadi.  

Samsung 1-fevral kuni o'zining anchadan beri kutilayotgan Galaxy S23 smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Corning esa Janubiy Koreya kompaniyasining bo'lajak flagmanlari ekrani Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalangan ilk smartfonlar bo'lishini rasman e'lon qildi.

O'tgan yilning noyabr oyida taqdim qilingan Gorilla Glass Victus 2 oynasi Corning kompaniyasining eng so'nggi avlod, 1 metr balandlikdan betonga tushishdan omon qolishi ta'kidlangan edi. Samsung flagmanlari ham xuddi shu himoya oynasiga ega bo'lishini hisobga olgan holda shuni aniq aytish mumkinki, smartfonlar o'zining bozordagi raqobatchilaridan kuchliroq himoyaga ega bo'lishadi.

O'QING: Galaxy S23 Ultra'da olingan video YouTube'da paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.