Galaxy S23 smartfonlari maketlarining suratlari tarqatildi!

Galaxy S23 smartfonlari maketlarining suratlari tarqatildi!

Biz allaqachon Samsung kompaniyasining keyingi yil boshida taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy S23 smartfonlarining sifatli renderlarini ko'rib ulgurdik. Endi esa Internetda bo'lajak smartfonlarning qo'g'irchoq nusxalari suratlari tarqatib yuborildi.

Suratlarda siz Galaxy S23 seriyasidagi barcha smartfonlar: Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra modellari maketlarini ko'rishingiz mumkin. Bu yerda yagona katta dizayn o'zgarishi kamera orolining olib tashlanganligi bo'lib, ehtimol, kompaniya oddiy va Plus modellarni ham Ultra kabi dizaynga moslashtirish niyatida. Bunday dizayn Samsung smartfonlariga begona emas yoxud bir necha yil avvalgi Galaxy A32 shunga o'xshash kamera stiliga ega.

Ultra modelga keladigan bo'lsak, o'ta mayda detallarni hisobga olmagan holda shuni aniq aytish mumkinki, uning dizayni deyarli o'zgarmagan va uni hozirgi Galaxy S22 Ultra'dan bir qarashda ajratib bo'lmaydi, xuddi iPhone 13 Pro modelini orqa tomondan iPhone 14 Pro smartfonidan ajratib bo'lmagandek.

Shuningdek, renderlarda yana bir narsa e'tiborni tortadi: smartfonlarning SIM-karta uyalari ularning yon tomonlarida joylashgan. Avvalgi tarqatilgan renderlarda esa ular smartfonlar tagida edi. Smartfonlar hali rasman taqdim qilinmaganligini hisobga olsak, hozircha bu borada biron nima deyish qiyin. Kim biladi, balki biz navbatdagi Galaxy flagmanlarida SIM-karta uyasini ko'rmasmiz.

O'QING: Samsung'dan iPhone'chilarga atalgan navbatdagi reklama roligi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!