Galaxy S23 smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqmaydimi?

Galaxy S23 smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqmaydimi?

Samsung va Qualcomm kompaniyalari orasidan qil ham o'tmaydi yoxud Janubiy Koreya kompaniyasining anchadan beri o'zining Galaxy S smartfonlarinining katta partiyasini flagman Snapdragon chiplari bilan jihozlab keladi. Hatto, hali taqdim qilinmagan Galaxy S23 smartfonlari ham Qualcomm bugun taqdim qilgan Snapdragon 8 Gen 2 chiplari bilan jihozlanishi anchadan beri mish-mish qilib kelinayotgan edi, biroq so'nggi xabarlar buni aksini ko'rsatmoqda.

Snapdragon 8 Gen 2 bilan jihozlanadigan smartfon brendlari

Ma'lum bo'lishicha, Qualcomm'ning yangi taqdim qilingan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan chiqariladigan smartfon brendlari ro'yxatida Samsung mavjud emas. Shunda Galaxy S23 smartfonlari Snapdragon 8 Gen 2 bilan chiqarilmaydimi? Shunaqaroq.

Gap shundaki, kompaniyalar o'rtasidagi hamkorlik buzilmagan, aksincha, yanada mustahkamlangan yoxud Samsung o'zining bo'lajak Galaxy S23 smartfonlarida Qualcomm'ning Snapdragon 8 Gen 2 chipsetining maxsus versiyasidan foydalanadi. Hozirgi original Snapdragon 8 Gen 2'ning model raqami AB harflari bilan tugaydi. Uzunquloq xabarlarga ko'ra, yangi avlod Galaxy S smartfonlariga SM8550-AC modeldagi Snapdragon chipi o'rnatiladi. Ehtimol, bu Snapdragon 8 Gen 2 Pro deb nomlanishi mumkin. Aytish kerakki, o'zining Snapdragon Summit tadbiri davomida Qualcomm Samsung kompaniyasini "endi Snapdragon Pro seriyasining rasmiy hamkori" deb e'lon qildi.

O'QING: Dimensity 9200 – Snapdragon 8 Gen 2 "qotili" chiqarildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!