Galaxy S23 smartfonlarini ushbu manzillarda sinab ko'rishiningiz mumkin bo'ladi

Galaxy S23 smartfonlarini ushbu manzillarda sinab ko'rishiningiz mumkin bo'ladi

Samsung yaqinlashib kelayotgan 1-fevral kuni o'zining yangi avlod Galaxy S smartfonlarini taqdim qiladi. Ular uchun allaqachon oldindan buyurtma berish boshlab yuborilgan bo'lsa ham, yangi smartfonlar taqdimotdan keyin ham o'z egalariga kamida bir haftadan so'ng yetib boradi. Unga qadar esa qiziqqon muxlislar yangi Galaxy S23 smartfonlarini Galaxy Experience Spaces joylarida sinab ko'rishlari mumkin bo'ladi.

1-fevraldan boshlab Samsung kompaniyasi o'zining yangi Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlari va boshqa innovatsiyalarini namoyish qilish, shu bilan birga, ularni sinab ko'rishni xohlovchilar uchun butun dunyo bo'ylab 29 ta joylarda o'zining Galaxy Experience Spaces markazlarini ochmoqda. Ma'lum bo'lishicha, eng katta "chodir" San-Fransiskoda, ya'ni smartfonlar taqdim qilinadigan joyda "tikiladi". Shuningdek, Samsung bunday Galaxy Experience Spaces markazlarini dunyoning yana 4 ta mamlakatlarida ochadi, qolganlari esa Samsung rasmiy do'konlarida tashkil qilinadi. Manzillar ro'yxati quyidagicha:

Galaxy Experience Spaces markazlari manzillari

  • San-Fransisko: 1-25 fevral kunlari Pauell ko'chasi, 111-uyda
  • London: 1-fevraldan 12-martgacha Vestfild Uayt Sitida
  • Parij: 1-fevraldan 1-martgacha Vestfild Les 4 Temps'da
  • Singapur: 2-25 fevral kunlari West Lawn'dagi Gardens by the Bay'da
  • Dubay: 2-28 fevral kunlari Dubai Mall'da

Samsung do'konlarida tashkil qilinadigan Galaxy Experience Space manzillari

  • Bangalor: Samsung Opera House
  • Bangkok: Central World
  • Bryussel: Docks Mall
  • Dallas: Stonebriar Mall
  • Xyuston: The Galleria
  • Kuala-Lumpur: Pavilion
  • Los Anjeles: Americana At Brand
  • London: Samsung KX, Oksford ko'chasi va Vestfild Stratford
  • Manila: SM Megamall
  • Mexiko shahri: Perisur
  • Nyu-York: Ruzvelt maydoni
  • Palo Alto: Stenford savdo markazi
  • Shanxay: Samsung Shanghai Experience Center
  • Singapur: Vivo City
  • Taypey: Breeze Nanshan
  • Tokio: Galaxy Harajuku
  • Toronto: Yorkdale savdo markazi va Toronto Eaton markazi

  • Dyusseldorf: Westfield Centro
  • Xelsinki: Kamppi savdo markazi
  • Milano: Il Centro
  • San-Paulu: Eldorado savdo markazi

Galaxy S23 smartfonlari, kichik dizayn o'zgarishi, yaxshilangan kamera, xususan, Galaxy S23 Ultra 200MP asosiy kamera va kuchaytirilgan Snapdragon 8 Gen 2 chiplari bilan taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy A14 5G va Galaxy A23 5G narxlari ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!