Galaxy S23 smartfonlarining marketing renderlari tarqaldi

Galaxy S23 smartfonlarining marketing renderlari tarqaldi

Samsung kompaniyasi kelayotgan fevral oyining ilk kunida o'zining yangi avlod flagman smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda, lekin biz allaqachon ularning katta ehtimol bilan qanday ko'rinishiga ega bo'lishini avvalgi renderlardan bilib olgan edik. Biroq, ular muxlislar tomonidan Internetda tarqatilgan mish-mishlarga asoslanib tayyorlangan edi. Bugun esa WinFuture bo'lajak Galaxy S23 smartfonlarining rasmiy marketing renderlarini ulashdi.

Kutilganidek, Galaxy S23 boshlang'ich modellari – Galaxy S23 va Galaxy S23+ ham Galaxy S23 Ultra kabi kamera orolisiz chiqariladi, ya'ni kameralarning o'zi smartfondan bo'rtib chiqib turadi. Shuningdek, renderlar smartfonlar to'rtta: qora, tillarang, yashil va pushti ranglarda chiqarilishini tasdiqlaydi.


O'QING: Galaxy S23 smartfonlari taqdimotini qayerda ko'rish mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!