Galaxy S23 Ultra 200MP kamera bilan qo'lga tushdi!

Galaxy S23 Ultra 200MP kamera bilan qo'lga tushdi!

Garchi Samsung o'tgan yili smartfonlar uchun 200MP kamera chiqargan bo'lsa ham, shu kungacha unda o'zining bironta smartfonlarida foydalanmadi. Boshqa kompaniyalar esa u bilan allaqachon bir emas, bir nechta smartfonlar chiqarib ulgurishdi. Biroq, Galaxy S23 Ultra bilan Samsung ham 200MP kamerali smartfon ishlab chiqaruvchilari qatoriga qo'shilishi mumkin.

Samsung Galaxy S23 Ultra anchadan beri 200MP kameraga ega bo'lishi haqida mish-mish qilib kelinayotgan edi. Insayder Ice Universe esa buni quyidagi skrinshot bilan tasdiqladi:

Garchi surat to'liq bo'lmasada, unda Galaxy smartfonlari uchun Kamera ilovasidagi 3:4 o'lchamda 50 va 200MP kamera rejimlarini ko'rish mumkin. Hozircha qo'shimcha ma'lumotlar mavjud emas.

O'QING: Galaxy S23 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi