Galaxy S23 Ultra chipseti va batareyasi haqidagi ma'lumotlar tarqatildi

Galaxy S23 Ultra chipseti va batareyasi haqidagi ma'lumotlar tarqatildi

Taniqli va ishonchli insayder Ice Universe bergan ma'lumotlarga ko'ra, Galaxy S23 Ultra smartfoniga Qualcomm joriy yilning noyabrida taqdim qilishi kutilayotgan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti o'rnatiladi. Ma'lum bo'lishicha, 4nm chipset 1 x Cortex-X3, 2 x Cortex-A720, 2 x Cortex-A710, 3 x Cortex-A510 va Adreno 740 GPU'sini o'z ichiga oladi va u TSMC tomonidan ishlab chiqariladi. 

Galaxy S23 Ultra modeli Exynos chipsetli variantda ham chiqariladimi yoki yo'q, bunisi noma'lum. Yaqinda, butun S23 qatori butun dunyoga faqat Snapdragon 8 Gen 2 chipseti bilan chiqarilishi mish-mish qilinayotgan edi. 

Batareyaga keladigan bo'lsak, o'zgarishlar bo'lmasligi mumkin. Galaxy S22 Ultra smartfoni 5,000 mA/s batareya bilan chiqarilgan edi. Uning davomchisi ham xuddi shunday batareya bilan keladi. Garchi batareyada o'zgarish bo'lmasada, yangi va yaxshilangan chipset bilan Galaxy S23 Ultra uzoqroqqa yetishi mumkin. Afsuski, zaryadlanish haqidagi ma'lumotlar hozircha ma'lum emas.

O'QING: Galaxy S23 Ultra yangi 200MP kamera sensori bilan jihozlanadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!