Galaxy S23 Ultra hatto Ilon Maskni hayratlantirdi!

Galaxy S23 Ultra hatto Ilon Maskni hayratlantirdi!

Ehtimol, tanishtirish hojat bo'lmagan inson, Ilon Mask, Samsung yaqinda taqdim qilgan Galaxy S23 Ultra smartfonining kamera qobilyatlaridan juda hayratlanganga o'xshaydi: MKBHD taxallusi bilan tanilgan YouTuber o'zining Twitter'ida Galaxy S23 Ultra'ning 100x zum qobilyatini namoyish qilgan videoni joyladi, milliarder unga o'z reaksiyasini bildirdi.

Tesla, SpaceX va endilikda Twitter kompaniyalari rahbari MKBHD ulashgan videoga "Wow" deya izoh qoldirgan. Videoda siz Galaxy S23 Ultra bilan qanday qilib yuqori sifatli Oy suratini olish mumkinligini ko'rasiz.

Ilon Maskning o'zi aynan qaysi brend smartfonidan foydalanishi biroz qorong'u, lekin yangi Samsung flagmani uni o'ziga tortgani shubhasiz. Kompaniyaning Qo'shma Shtatlardagi bo'limining Twitter sahifasi "maqtov"ni qabul qilib oldi va milliarderga javoban "Ajoyib, shunday emasmi?" ma'nosidagi tvit qoldirdi.

Albatta, Ilon Mask o'zining Twitter'ida 130 millionga yaqin kuzatuvchilarga ega ekanligini hisobga olsak, Samsung uchun bu yaxshigina reklama bo'ldi.

Aytish kerakki, bunday Oy suratlarini olish Galaxy foydalanuvchilari uchun yangilik emas – o'tgan yilgi Galaxy S22 Ultra ham ijtimoiy tarmoqlarda Oyni suratga ola olishi, stadion yoki konsertlarda sahnadagi qahramonlarni yaqinlashtirib ko'rish imkonini beruvchi eng yaxshi kamerali smartfon sifatida ko'p maqtovlarga sazovor bo'lgan. Samsung Amerika kompaniyasi Apple'ning iPhone 14 smartfonlarini bunday xususiyatlarga ega emasligini ta'kidlagan holda uni masxara ham qilgan edi.

O'QING: Galaxy S23 smartfonlari rekord o‘rnatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.