Galaxy S23 Ultra iPhone 14 Pro Max'dan kuchliroqmi?

Galaxy S23 Ultra iPhone 14 Pro Max'dan kuchliroqmi?

Galaxy S modellari nihoyat barcha bozorlar uchun bir xil chipda taqdim etildi. Aniqroq qilib aytganda, Samsung o‘zining Exynos chipidan voz kechib barcha S23 modellarini faqatgina Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozladi. 

Bu boshqa smartfonlarga o‘rnatilgan 8 Gen2 chipidan farq qiladi. Chunki u maxsus Galaxy S23 modellari uchun ishlab chiqarilgan bo‘lib, “Snapdragon 8 Gen2 for Galaxy “ deb nomlandi. 

Chipdagi CPU va GPU qismlarining unumdorlik darajasi oshirilgan bo‘lib, bu bo‘yicha S23 modellari Snapdragon 8 Gen2 chipi bilan jihozlangan boshqa smartfonlardan yaxshiroq natija ko‘rsatishi kerak. 

Galaxy uchun moslashtirilgan Snapdragon 8 Gen2 chipi CPU tuzilishi bo‘yich oddiy 8 Gen2'dan farq qilmaydi. U bitta Cortex-X3, ikkita Cortex-A715, ikkita Cortex-A710 va uchta Cortex-A510 yadrolariga ega. Birgina farq asosiy yadroda bo‘lib, u oddiy 8 Gen2'dan farqli o‘laroq 3.2 gigagertsda emas, balki 3.36 gigagertsda ishlaydi. 

Xuddi shu holat GPU'da ham kuzatiladi. Galaxy S23 modellaridagi Andreno 740 grafik protsessorining ishlash tezligi 680 megagertsdan 719 megagertsga oshirildi. 

Ushbu o‘zgarishlar smartfonning unumdorlik darajasini oshira olganini tekshirib ko‘rish uchun benchmarklarga murojaat qilamiz. Ushbu testlar GSMArena sayti ijodkorlari tomonidan amalga oshirilgan. 

Geekbench 5'ning bir yadroli testida S23 Ultra modeli Red Magic 8 Pro o‘yibop smartfonini ortda qoldirib ikkinchi natijani qayd etgan. Bunga S23 modelidagi asosiy yadroning ishlash tezligi oshganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin. 

Ko‘p yadroli testda esa Red Magic 8 Pro endi S23 Ultra'ni ortda qoldirgan. Buning sababi shundaki, ko‘p yadroli testda asosiy yadro ishtirok etmaydi. Bunda Red Magic smartfonining sovutish tizimi yaxshiroq ekanligi unga ustunlik bergan. Geekbench'da o‘tkazilgan ikki testda ham iPhone 14 Pro Max birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

AnTuTu testida S23 Ultra yana Red Magic 8 Pro'dan ortda qoldi. Umumiy natijani oladigan bo‘lsak, Snapdragon 8 Gen2 chipi 8 Gen1+ va A16 Bionic'dan tezkorroq bo‘lib chiqdi. 

GPU unumdorligini ko‘rsatuvchi barcha vazifalarda Galaxy S23 va Red Magic 8 Pro modellari qolgan smartfonlardan ancha ustun ekanligi nomoyon bo‘ldi. 

Demak, Galaxy S23 modeli CPU sinovlarida S22 Ultra'ga qaraganda 30-35%, CPU va GPU kuchini ko‘rsatuvchi AnTuTu 9 benchmarkida taxminan 30% yaxshiroq natija ko‘rsatdi. GFX Bench va 3DMark GPU testlarida Galaxy S23 Ultra vaqti-vaqti bilan unumdorlikni ikki baravar oshira oldi. 

O‘QING: Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro: qanday farqlar bor? 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.