Galaxy S23 Ultra jonli suratlarda!

Galaxy S23 Ultra jonli suratlarda!

Samsung 1-fevral kuni o'zining yangi avlod flagmanlari, Galaxy S23 seriyasini taqdim qilishi kutilmoqda. Biz allaqachon uchchala smartfonlar: Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra'ning dizayn va texnik xususiyatlari bilan tanishmiz. Hatto, ularning narxi qanday bo'lishini ham bilib oldik. Yana nima qoldi? Jonli suratlar!

Nikaraguaning Matagalpa shahridagi KM CELL STORE nomli mahalliy do'koni o'zlarining Facebook sahifasida Galaxy S23 smartfonlari sotuvga kelganligi haqida post joyladi. Ma'lum bo'lishicha, ular 12/512 GB xotira konfiguratsiyasidagi va qora, yashil, krem va pushti rangdagi Galaxy S23 Ultra smartfonlarini yetkazib berishga tayyor. Narxlar ma'lum qilinmagan, biroq biz bir qancha jonli suratlarni ko'rishimiz mumkin.

Bir qarashda Galaxy S23 Ultra o'zining avvalgisi bilan bir xil ko'rinishga egadek ko'rinadi, lekin uning kameralari endi biroz kattalashgan va ularni endi biroz e'tibor berilsa ko'rinadigan halqa o'rab turadi. Qolaversa, smartfon yon tomonlari millimetrlarda o'zgarishlarga ega. Shuni ham aytish kerakki, smartfon o'tgan yilgisidan farq qiladigan minimalistik dizayndagi qutida keladi.

O'QING: Yangi o‘yinbop smartfon qiynoqqa solindi