Galaxy S23 Ultra o'zining ilk sertifikatini qabul qildi

Galaxy S23 Ultra o'zining ilk sertifikatini qabul qildi

Samsung kompaniyasining navbatdagi flagman smartfonlari, Galaxy S23 seriyasidagi Ultra model Xitoyning 3C sertifikatidan o'tganligi ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, smartfon model raqami SM-S9180 bo'lib, uning maksimum zaryadlanish tezligi 25 vatt bo'ladi.

Ta'kidlash joizki, bu hozirgi Galaxy S22 Ultra'ning 45 vattda quvvatlanishidan ancha past, biroq gap sonlarda emas. Sinovdan o'tkazilganligida 45 vatt bilan Galaxy S22 Ultra o'zining avvalgisi, 25 vattli Galaxy S21 Ultra'dan birozgina tezroq quvvatlanishi ma'lum bo'lgan. Yanada tushunarliroq qilib aytganda Galaxy S22 Ultra noldan boshlab 100 foizgacha 59 daqiqada quvvatlanadi, Galaxy S21 Ultra esa 1 soat-u 11 daqiqada. Qisqasi, Galaxy S23 Ultra quvvatlanish borasida Galaxy S22 Ultra darajasida bo'ladi. Ammo, boshqa xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilarining flagmanlari qanchalik tez zaryadlanishini eslaydigan bo'lsak, Samsung ulardan ancha orqada ekanligini bilishimiz mumkin.

Galaxy S23 Ultra deyarli o'zgarmagan dizayn va o'lchamda 200 MP asosiy kamera bilan Snapdragon 8 Gen 2 chipsetida chiqarilishi mish-mish qilimoqda.

O'QING: Ushbu Galaxy smartfonlari keyingi yilgacha Android 13 yangilanishini qabul qiladi