Galaxy S23 Ultra pasaytirilgan megapikseli selfi kameraga ega bo'ladi

Galaxy S23 Ultra pasaytirilgan megapikseli selfi kameraga ega bo'ladi

Galaxy S23 smartfonlari taqdim qilinishiga sanoqli kunlar qoldi va shu bilan birga bo'lajak smartfonlar haqidagi ma'lumotlar sizib chiqishi ham to'xtamayapti. So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, smartfonlar megapikseli tushirilgan selfi kameraga ega bo'lishadi (9To5Google orqali).

WinFuture'dan Roland Kvand o'zining Twitter sahifasida Galaxy S23 smartfonlariga oid bir nechta suratlar ulashdi va ular biz avval eshitgan mish-mishlarni tasdiqlaydi. Kvand birinchi ulashgan suratda Samsung o'zining yangi flagmanlarida foydalanadigan Qualcomm chipsetining moslashtirilgan variantining ehtimoliy marketing materiali – "Galaxy uchun Snapdragon 8 Gen 2" yozuvlari tushirilgan chipset tasvirini ko'rish mumkin.

Kvand joylagan ikkinchi tvitda esa Galaxy S23 liniyasidagi smartfonlarning texnik xususiyatlari taqqoslangan sahifa ko'rsatilgan. Unga ko'ra, qatordagi boshlang'ich model qolgan yuqori modellarga qaraganda hech narsadan qolib ketmayotganligini ko'rish mumkin, bitta narsadan tashqari. Bazoviy Galaxy S23 modeli o'sha 1750 nit maksimal yorug'li ekran, o'sha kameralar, xotiralar va o'sha Super Fast Charging 2.0 texnologiyasiga ega, lekin u Plus va Ultra kabi 45 Vt emas, balki 25 Vt bilan cheklangan.

Yana bir biz avval bilmagan qiziq narsa shundaki, Galaxy S23 Ultra sezilarli darajada pasaytirilgan selfi kameraga ega bo'ladi. Old kamera Galaxy S22 Ultra'da 40 MP bo'lgan bo'lsa, yangi avlod Ultra'si bu atigi 12 MP ga tushib qolgan. Umid qilamizki, Samsung'da buni oqlash uchun biron-bir bahona bor. Galaxy S23 va Galaxy S23+ modellarida esa aksincha, o'tgan yilgi 10 MP selfi kameradan 12 MP ga o'tilgan.

Galaxy S23 smartfonlari 1-fevral kuni Amerikada o'tgan yilgi narxlarda taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Galaxy S23 smartfonlari ekrani 1 metr balandlikdan betonga tushganda ham tirik qoladi! 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!