Galaxy S23 Ultra "unboxing" qilindi!

Galaxy S23 Ultra

Galaxy S23 smartfonlari taqdimot sanasi yaqinlashar ekan, biz Internetda bo'lajak flagmanlarga oid ko'plab ma'lumotlar tarqatilishiga guvoh bo'lyapmiz. Avvaliga dizayn, keyin texnik xususiyatlar, bir necha kun avval jonli suratlar tarqatildi. Bugun esa Galaxy S23 seriyasidagi eng yuqori model qutidan ochib ko'rsatildi.

Twitter'da hali taqdim qilinmagan Galaxy S23 Ultra'ning paxta guli yoxud krem rangli variantining qutidan ochib ko'rsatilgan video paydo bo'ldi. Yangi flagman, o'tgan yilgiga qaraganda minimalistik dizaynda qutida keladi. Uning ichida smartfondan tashqari yana nimalar bor yoki yo'qligi ko'rsatilmagan, lekin Internet aholisi qutida USB-C kabeli yo'q ekanligini ta'kidlashmoqda. Agar mavjud bo'lsa, qutida yana SIM-kartani chiqarish uchun igna va qo'llanma qog'ozlari bor.

Smartfonning o'ziga keladigan bo'lsak, u sarg'ishroq oq rangda bo'lib, uning atroflari yorqin oltin rangda. Qurilma orqasidagi to'rtta kameraning asosiy uchtasi nozik halqalar bilan o'ralgan. Shuningdek, smartfon tagida S Pen joylashganligini ko'rishingiz mumkin, xuddi S22 Ultra'da bo'lganidek. Uning yonida esa ovoz kuchaytirgichlar panjarasi, USB Type-C port, mikrofon va SIM-karta uyasini ko'rish mumkin. Yuqorida esa ikkinchi mikrofon, hamda, o'ng yon tomonda Yoqish va ovozni boshqarish tugmalari joylashgan.

Aytish kerakki, bundan avvalroq YouTube'da Galaxy S23 Ultra ekanligini aytilgan smartfonning "unboxing" videosi chiqqan edi. Biroq, burgutko'z insayder, Ice Universe, uning feyk ekanligini aytdi.

O'QING: Dubayda dunyodagi ilk 3D bosma masjid quriladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!