Galaxy S23 Ultra yangi 200MP kamera sensori bilan jihozlanadi

Galaxy S23 Ultra yangi 200MP kamera sensori bilan jihozlanadi

Samsung so‘nggi 10 oy ichida smartfonlar uchun ikkita 200 megapikselli kamera sensorlarini taqdim etdi. Ice Universe bergan ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya tomonidan uchinchi 200MP sensor ham taqdim etiladi va u kelasi yilgi Galaxy S23 Ultra flagmaniga o‘rnatiladi.

Garchi avvalroq ISOCELL HP3 sensori e’lon qilingan bo‘lsa-da, yangi sensorning nomi ISOCELL HP2 bo‘ladi. ISOCELL HP1 esa kompaniya taqdim etgan birinchi 200MP kamera bo‘lib, ushbu oyda taqdimoti bo‘lib o‘tadigan yangi Motorola smartfoni ushbu sensor bilan jihozlanadi. 

HP3 sensori HP1'ga qaragan biroz kichikroq, shuningdek, undagi avtofokus funksiyasi tezroq ishlaydi. Sensordagi har bir to‘rtta klaster vertikal va gorizontal yo‘nalishlardagi farqlarni ajrata oladi.

Bu Galaxy S23 modelining 200MP kameraga ega bo‘lishi haqidagi ilk ma’lumot ma’lumot emas. Avvalroq smartfon yangi asosiy kameraga ega bo‘lishi, biroq undagi periskop moduli o‘zgarmasligi aytilgan edi.

O‘QING: iPhone 14 Pro modellari oddiy 14 modellariga qaraganda yaxshiroq displeyga ega bo‘ladi