Galaxy S23 Ultra'da olingan tungi suratlar taqdim etildi

Galaxy S23 Ultra'da olingan tungi suratlar taqdim etildi

Samsung kompaniyasining yaqin kunlarda taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy S23 Ultra modeli taqdimot oldidan anboksing qilingani haqida xabar bergan edik. Endi ushbu smartfonda olingan tungi suratlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Twitter foydalanuvchisi Edvards Urbina S23 Ultra'ning asosiy kamerasida olingan suratlarni o‘z sahifasiga joyladi. Suratlar 200MP rezolyutsiyada olinmagan. Unda faqat qurilma tungi vaqtda qanday surat olishi tekshirib ko‘rilgan. 

Yuqoridagi suratlardan ko‘rish mumkinki, smartfon tungi vaqtda umumiy ekspozitsiyani chiroyli tarzda yoritishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘QING: Samsung 5 ta yangi Galaxy Book 3 noutbuklarini chiqarmoqchi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!