Galaxy S23 Ultra'da olingan video YouTube'da paydo bo‘ldi

Galaxy S23 Ultra'da olingan video YouTube'da paydo bo‘ldi

Samsung Galaxy S23 Ultra modeli rasman taqdim etilishiga bir necha kun bor, biroq ikki kun avval Twitter foydalanuvchisi Edvards Urbina qurilmada olingan bir necha suratlarni e’lon qilgan edi. Endi u smartfonda olingan videoni YouTube platformasiga yukladi. 

Galaxy S23 Ultra maksimal 8K 30 kadr formatda videoga olishi mumkin. Ammo YouTube'dagi video 4K 60 kadr formatda olingan. 

Edvards, shuningdek, smartfonning asosiy hamda telefoto kamerasida olingan suratlarni o‘zining Twitter sahifasiga joyladi. Afsuski, 200MP kamerada olingan suratning sifati va hajmini Twitter algoritmini o‘zgartirib yuborgan.

Quyida 10x optik hamda 30x gibrid zumda olingan suratlarni ko‘rishingiz mumkin:

Eslatib o‘tamiz, Galaxy S23 seriyasi 1 fevral sanasida Galaxy Book3 noutbuklari bilan birga taqdim etiladi.

O‘QING: Galaxy S23 Ultra'da olingan tungi suratlar taqdim etildi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!