Galaxy S23 Ultra'da yana bir ijobiy o‘zgarish bo‘ladi

Galaxy S23 Ultra'da yana bir ijobiy o‘zgarish bo‘ladi

Samsung yaqinda Galaxy Z Flip4 va Z Fold4 buklamafonlarini taqdim etgan edi. Kompaniyaning keyingi flagmanlari kelasi yilning yanvar yoki fevral oyida taqdim etiladigan S23 seriyasi bo‘ladi. Undagi Ultra model esa Qualcomm'ning 3D Sonic Max barmoq izi sensoriga ega bo‘ladi

Albatta, bu yangi sensor emas, avvalroq ushbu barmoq izi sensoriga ega iQOO 9 Pro va vivo X80 Pro smartfonlarini ko‘rgan edik. Bu degani S23 Ultra modeli tezkor hamda kattaroq hududli barmoq izi sensori bilan jihozlanadi. 

vivo X80 Pro va iQOO 9 Pro qurilmalarining barmoq izi skaneri haqiqatdan ham juda tez va aniq ishlaydi. Ushbu sensorga boshqa S23 modellari ham ega bo‘ldimi yoki u faqat S23 Ultra'ga o‘rnatiladimi, bu hozircha noma’lum. 

O‘QING: Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi haqida yangi ma’lumotlar tarqatildi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!