Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi bilan olingan ilk surat tarqatildi!

Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi bilan olingan ilk surat tarqatildi!

Samsung o'zining yangi Galaxy S23 Ultra smartfonini rasman taqdim qilishiga 10 kuncha vaqt qoldi. Bo'lajak Ultra smartfon dizayn borasida unchalik katta o'zgarishlarga ega emas, lekin kamera borasida u 200MP kamera bilan jihozlanishi avvalgi xabarlarda o'z tasdig'ini topgan edi. Bir necha kun avval esa Internetda smartfonning aynan shu asosiy kamerasi bilan olingan surat paydo bo'ldi.

Ice Universe taxallusi bilan tanilgan insayder o'zining Twitter sahifasiga hali taqdim qilinmagan Samsung Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi bilan olingan suratni joyladi.

"Bu qanday surat deb o'ylaysiz? 5x zum? 10x zum? Yo'q, bu Galaxy S23 Ultra'ning 200MP HP2 kamerasi bilan olingan suratning 12 karra kattalashtirilgani. O'z xissiyotlariningizni tasvirlash uchun bitta so'zdan foydalaning", deydi insayder.

Ice Universe birinchi joylangan surat biroz aniqlik yetishmayotgandek edi, lekin u birozdan keyin suratning tiniqroq holatini ko'rsatdi va u original suratdan 12 marta yaqinlashtirilgandan keyin qirqib olingan tasvir uchun tiniqlik qiladi.

Albatta, smartfon kamerasi qanchalik yaxshi ekanlgini baholash uchun uni boshqa 200MP kamerali smartfonlar bilan taqqoslab ko'rish kerak. Bu borada insayder shunday deydi:

"200 megapikselli Samsung ISOCELL HP2 kamerasi (qaysiki, Galaxy S23 Ultra'ga o'rnatilgan) bilan olingan suratlar HP1, HP3 va HM1, HM3 bilan olingan suratlardan butunlay farq qiladi. Ular bilan olingan suratlar deyarli o'tkirlashtirilmaydi, shuning uchun fotosuratlar juda ko'p ishlov berishlarsiz nozik va tabiiy ko'rinadi."

Aytish kerakki, Xiaomi'ning o'tgan yili taqdim qilingan 12T Pro smartfoni, hamda, Motorola'ning Moto Edge 30 Ultra smartfoniga ISOCELL HP1 sensori o'rnatilgan.

Galaxy S23 Ultra smartfoni Galaxy S23 seriyasi qatorida 1-fevral kuni rasman taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung yana bir yangi 200MP kamera sensorini taqdim qildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!