Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi haqida yangi ma'lumotlar tarqatildi

Galaxy S23 Ultra'ning 200MP kamerasi haqida yangi ma'lumotlar tarqatildi

Yaqinda Samsung o'zining Galaxy Z Fold/Flip 4 buklamafonlarini taqdim qildi. Xo'sh, undan keyinchi? Navbat kompaniyaning yangi avlod flagmanlari, Galaxy S23 qatoriga. Koreyaning ETNews nashri bergan xabarga ko'ra, Samsung rostdan ham o'zining Galaxy S23 Ultra modelida 200 megapikselli kameradan foydalanishi mumkin. 

Samsung o'zining Galaxy S20 Ultra va Galaxy Note 20 Ultra smartfonlaridan boshlab, ikki yildan beri Ultra modellarning asosiy kamerasi uchun 108 megapikselli sensordan foydalanib keladi. So'nggi berilgan ma'lumotlar qaraganda, bu an'ana Galaxy S23 Ultra bilan to'xtatiladi.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung Electronics'ning Mobile Experience bo'limi Galaxy S23 qatoridagi smartfonga 200 megapikselli kamera o'rnatilishi haqidagi ma'lumotni o'zining asosiy kamera hamkorlari bilan ulashgan  va ular allaqachon ishlab chiqarishni ham boshlab yuborishgan.

Garchi Samsung mobil qurilmalar uchun 200 megapikselli kamerani ishlab chiqargan ilk kompaniya bo'lsa ham, u bunday sensor bilan smartfon ishlab chiqargan birinchi kompaniya bo'la olmaydi. Agar mish-mishlar to'g'ri bo'lib chiqsa, Galaxy S23 Ultra yaqinda Motorola kompaniyasi Xitoyda taqdim qilgan 200MP kamerali Moto X30 Pro smartfoniga raqobatchi bo'ladi. Bundan tashqari, uzunquloq xabarlariga ko'ra, Xiaomi ham tez kunlarda o'zining xuddi shunday rekord darajadagi kamerali smartfonini taqdim qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, Twitter'dan xabar berishlaricha, Samsung Galaxy S23 Ultra uchun Qualcomm'ning 3D Sonic Max barmoq izini aniqlash texnologiyasidan foydalanadi. Ta'kidlash joizki, ushbu sensor allaqachon chiqarilgan va vivo X80 Pro, iQOO 9 Pro smartfonlarida foydalanilgan bo'lib, u barmoq izini yanada tezkor aniqlash xususiyati bilan birgalikda kattaroq skanerlash maydoniga ham ega. 

O'QING: Darhol Apple qurilmalaringiz dasturiy ta’minotini yangilang!