Galaxy S23 Ultra'ning kamerasida yana bir yangilik!

Galaxy S23 Ultra'ning kamerasida yana bir yangilik!

Avvalroq Galaxy S23 modellarining videoga olish imkoniyati yaxshilanishi ma’lum bo‘lgan edi. Aniqroq qilib aytganda, S22 modellari 8K 24 kadr formatda video olsa, yangi modellarda bu 8K 30 kadr formatga oshadi. 

Ice Universe bergan ma’lumotga ko‘ra, Galaxy S23 Ultra'ning videoga olish imkoniyatida yana bir o‘zgarish bo‘ladi. Gap portret video rejimi haqida ketyapti. 

Galaxy S22 Ultra portret rejim bilan 1080p 30 kadrda videoga olishi mumkin edi. S23 Ultra'da esa bu ko‘rsatkich 4K 30 formatga oshadi. Endi kamera orqafon va ob’yektni yanada yaxshiroq ajratib olishi mumkin. 

Hozircha ushbu o‘zgarish S23 va S23+ modellarida ham bo‘lishi noma’lum. Barcha S23 modellari Snapdragon 8 Gen2 chipida ishlaydi. Biroq Ultra model yangi ISOCELL HP2 200MP sensori bilan jihozlanadi. Qolgan ikki model esa 50MP sensorga ega bo‘ladi. 

Ice Universe, shuningdek, Galaxy S23 Ultra modelining sovutish tizimi yaxshilanishligini ham aytib o‘tdi. Demak, flagman og‘ir vazifa hisoblanuvchi yuqori rezolyutsiyadagi videolarni olishda ortiqcha qizib ketmaydi. Eslatib o‘tamiz, Galaxy S23 seriyasi 1 fevral sanasida taqdim etiladi.

O‘QING: Samsung yangi buklanuvchi smartfon prototipini taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.