Galaxy S23 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi

Galaxy S23 Ultra'ning renderlari e’lon qilindi

Kecha Samsung kompaniyasining Galaxy S23 hamda S23+ modellari sifatli renderlarda ko‘rsatilgan edi. Bugun navbat asosiy model - S23 Ultra'ga keldi. 

Ko‘rinishidan, Samsung'ning keyingi yilgi Ultra flagmani o‘zining avvalgi avlodiga juda o‘xshab ketadi. Haqiqatdan ham, yangi modelning renderlariga qarab hozirgi model bilan taqqoslansa, ularning o‘rtasidagi farqni topish qiyin. 

Biroq farqi tomonlar ham yo‘q emas. Misol uchun, S23 Ultra'ning orqa panelidagi uchta kamera korpusdan bo‘rtib chiqib turishi yaqqol bilinsa, qolgan ikkitasi unchalik bilinmaydi. 

Ikki qurilmaning korpus hajmida kichik farqlar bor:

Galaxy S22 Ultra - 163.3 x 77.9 x 8.9 mm

Galaxy S23 Ultra - 163.4 x 78.1 x 8.8 mm.

Endi S23 va S23+ modellaridagi kamerlar ham bir biridan ajrab turadi. Bu degani seriyadagi barcha modellar bir-biriga o‘xshab bormoqda. Bu yaxshimi yoki yo‘qmi, A seriya smartfonlari ham xuddi shunday kamera modulida ega bo‘lib bormoqda. 

Ayrim mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy S23 seriyasi bu yilgi S22 seriyasiga qaraganda bir necha hafta oldinroq taqdim etiladi. Ehtimol, ular fevral emas, balki yanvar oyida taqdim etilar.

O‘QING: Galaxy S23 va Galaxy S23+ ilk marta sifatli renderlarda ko‘rsatildi!