Galaxy S23 va Galaxy S23+ smartfonlaring rasmiy texnik xususiyatlari oshkor bo'ldi!

Galaxy S23 va Galaxy S23+ smartfonlaring rasmiy texnik xususiyatlari oshkor bo'ldi!

Samsung fevral oyining ilk kunida Galaxy S23 smartfonlari seriyasini taqdim qilishini e'lon qilgan. Biroq, taqdimotni kutishga ne hojat? Internetda allaqachon Galaxy S23 va Galaxy S23+ smartfonlarining rasmiy texnik xususiyatlari jadvali tarqalib bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, Galaxy S23 smartfoni 6.1 dyuymli, Galaxy S23+ esa 6.6 dyuymli Dynamic AMOLED ekranga ega bo'ladi. Ikkalasining ham Gorilla Glass Victus 2 bilan himoyalagan ekrani FHD+ rezolyutsiyasiga ega bo'lib, ular 120 gerts yangilanish tezligi va HDR+ xususiyatiga ega. Ikkala model ham 7.6 mm qalinlikda: 167 gramm og'irlikdagi oddiy model o'lchami 146.3×70.9×7.6 mm bo'lsa, 195 gramm og'irlikdagi Plus model o'lchami 157.8×76.2×7.6 mm tashkil qiladi. Shuningdek, old tomonda smartfonlar Infinity-O dizaynidagi ingichka ramka bilan 4K formatda soniyasiga 60 kadr (fps) tezlikda HDR10+ videolar tasvirga oladigan 12MP (f/2.2) selfi kameraga ega. Qolaversa ekran ostida Ultrasonic barmoq izini aniqlash sensori joylashgan.

Orqa tomonga o'tadigan bo'lsak, u yerda 50 MP (f/1.8, OIS) asosiy, 12MP ultra-keng (f/2.2, 120°) va 10MP (f/2.4, 3x optik zum) telefoto kameralar joylashgan. Ta'kidlash joizki, orqa kamera soniyasiga 30 kadr (fps) tezlikda 8K formatida, soniyasiga 60 kadr (fps) tezlikda 4K formatida video tasvirlar olish qobiliyatiga ega.

Kapot ostida ikkala smartfonlar ham 4 nanometrli Snapdragon 8 Gen 2 chipi bilan 8GB (LPDDR5) operativ xotirada Android 13'ga asoslangan One UI 5.1 operatsion tizimida ishlaydi. Boshlang'ich model 128/256 GB, Plus model esa 256/512 GB xotiraga ega bo'ladi. Shuningdek, oddiy modelning 3900 mA/soat batareyasi 25 Vt simli, 10 Vt tezlikda simsiz zaryadlansa, Plus modelning 4700 mA/soat batareyasi 45 Vt tezlikda simli, 10 Vt tezlikda simsiz zaryadlanadi.

Ulanish borasida esa smartfonlar 5G, Wi-Fi 6E, Bluetooth 5.3 va USB 3.2 Type-C texnologiyalarini qo'llab-quvvatlaydi. Qo'shimchasiga smartfonlar ikkilik SIM-karta, NFC, yuzni aniqlash, ikkilik dinamiklar bilan Dolby Atmos, boshqa qurilmalarga simsiz quvvat berish, Samsung DeX bilan ishlash qobiliyati, hamda, IP68 chidamlilik sertifikatiga ega.

Galaxy S23 va Galaxy S23+ smartfonlari qora, oq, yashil va pushti ranglarda 1-fevral kuni rasman taqdim qilinadi.

O'QING: Galaxy S23 smartfonlarini ushbu manzillarda sinab ko‘rishiningiz mumkin bo‘ladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!