Galaxy S23 va S23+ smartfonlarining 128GB xotiraga ega turi bo‘lmaydi

Galaxy S23 va S23+ smartfonlarining 128GB xotiraga ega turi bo‘lmaydi

So‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, Samsung yangi Galaxy S23 modellarini eng kamida 256GB xotira bilan ishlab chiqaradi. Axmad Kvayderning Twitter'da yozishicha, S23 va S23+ modellarining 128GB xotirali turi bo‘lmaydi, Bundan tashqari, 8GB tezkor xotirali S23 Ultra modeli ham bo‘lmaydi. Ultra model faqat 12GB tezkor xotira bilan ishlab chiqariladi. 

Insayder joylagan postda S23 va S23+ modellarining faqat bitta xotira turi, S23 Ultra'ning esa uch xil xotira turi berilgan. Bu o‘z navbatida S23 va S23+ modellari faqat bitta xotira hajmi bilan ishlab chiqariladimi degan savolni tug‘diradi. 

Hozirgi S22 hamda S22+ modellarining ikkisi ham 8/128GB xotira bilan boshlanadi. Galaxy S23 va S23+ modellari esa 8/256GB xotira bilan boshlanishi kutilmoqda. Galaxy S23 Ultra'ning esa 12/256GB, 12/512GB hamda 12GB/1TB xotiraga ega turlari bo‘ladi. 

2022 yilgi flagmanlarning xotirasi UFS 3.1 edi. 2023 yilgi modellarda esa bu UFS 4.0 ga o‘zgaradi. Bu bilan o‘qish tezligi 2 baravar, ketma-ket yozish tezligi esa 1.6 baravarga oshadi. Bundan tashqari, quvvat samaradorligi 46% ga yaxshilandi, bu esa akkumulyator quvvati uzoqroqqa yetishiga yordam beradi. 

O‘QING: Narxi 100 dollarga bormaydigan Poco smartfoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!