Galaxy S23'ning "uzoq qarindoshi": Galaxy A14 renderlari tarqatildi

Galaxy S23'ning

Yaqinda @OnLeaks taxallusi bilan tanilgan ma'lumotchi, Stiv Xemmerstoffer, o'zining hamkorlari bilan internetda Galaxy S23 va Galaxy S23+'ning yuqori sifatli renderlarini tarqatgan edi. Endilikda u Giznext bilan hamkorlikda Samsung'ning yana bir smartfoni, Galaxy A14'ning yuqori sifatli suratlarini ham ulashdi.

Bir qarashda Galaxy A14 ham yaqinda tarqatilgan Galaxy S23/S23+ smartfonlari dizaynidan deyarli farq mavjud emasga o'xshaydi. Shuni aytish mumkinki, ushbu byudjet model ham kompaniyaning yangi avlod flagmanlaridek orqa kamera orolisiz dizaynga ega: smartfondagi uchlik kameralar Galaxy A32/Galaxy S22 Ultra'da bo'lgani kabi tashqariga bo'rtib chiqib turadi.

Agar Galaxy S23/S23+ smartfonlari va Galaxy A14 tashqi ko'rinishi o'rtasida farq bo'lsa, bu ularning old kamerasi dizaynida bo'lishi mumkin: Galaxy A14 smartfoni Infinity-U dizaynidagi displeyga ega. Shuningdek, smartfon yon tomonlari deyarli tekis qilingan bo'lib, tasvirlarda USB-C porti va bugungi kunda smartfonlardan yo'qolib borayotgan naushnik uyasini ham ko'rishimiz mumkin.

Ma'lum bo'lisicha, Galaxy A14 smartfoni 167.7x78.7x9.3 mm o'lchamda, 6.8 dyuymli FHD+ ekran va 5G qo'llab-quvvatlanishi bilan keyingi yili chiqariladi.

O'QING: iPhone 14 Pro modeli DxOMark testidan o‘tdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!