Galaxy S24 Ultra kamerasi yanada yaxshilangan zum qilish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkin

Galaxy S24 Ultra kamerasi yanada yaxshilangan zum qilish qobiliyatiga ega bo'lishi mumkin

Samsung hali o'zining Galaxy S23 smartfonlarini taqdim qilganicha yo'q, lekin Internetda allaqachon Galaxy S24 smartfoni haqida mish-mishlar paydo bo'lib ulgurdi. Galaxy S24 Ultra yaxshilangan telefoto kamerasiga ega bo'ladi.

Taniqli insayder Ice Universe'ning aytishicha: "(Samsung o'zining) Galaxy S24 Ultra (smartfonida) telefoto sensorini almashtirishi va (uning uchun) yangi yechim (yoxud yangi texnologiya)ni qabul qilishi kutilmoqda". Tushunganingizdek, bu yerda Galaxy S24 Ultra kamerasining zum qilish qobiliyati yanada yaxshilanishi haqida gap ketmoqda.

Afsuski, insayder aynan qanday "yangi yechim" qo'llanilishi haqida ma'lumot bermagan, ammo, Galaxy S24 Ultra chiqarilishiga hali bir yildan ortiq vaqt borligini hisoblasak, bizda buni bilib olish uchun hali ko'p vaqt bor.

Shuningdek, insayder Galaxy S24 Ultra'ning asosiy kamerasi avvalgisinikidek qolishi yoki kichik yaxshilanishga ega bo'lishi ma'lum qilgan.

O'QING: Samsung kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining rasmiy onlayn axborotxonasini ochdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!