Galaxy S7 sotilishi bo‘yicha Samsung tarixidagi yangi rekordsmen!

Galaxy S7 sotilishi bo‘yicha Samsung tarixidagi yangi rekordsmen!

Joriy yil ibtidosida o‘tkazilgan Jahon mobil kongressida Samsung Galaxy S7 “2016 yilning eng yaxshi mobil aloqa vositasi” deb e’tirof etilgan edi.

Strategy Analytics kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung shu kunga qadar jahon miqyosida 55 million dona Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge flagmanlaridan sotishga erishgan.

Jumladan, 2017 yilning ilk choragida 7.2 million dona Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge savdoga chiqarilgan. Ularning avvalgi yilning fevralida taqdim etilganini hisobga olsak, bu juda katta savdo natijasidir va gadjetlar hali-beri yaxshi sotilishiga umid qilish mumkin.

Bu gadjetlar haqida batafsil o‘qing: 

Galaxy S7 EDGE: Samsung’ning texnologik «shoh asari»

Samsung Galaxy S7: imkoniyati smartfondan yuqori gadjet

Samsung 2015 yilning Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge flagmanlaridan 45 million dona sotishga erishgan. Shuni inobatga olsak, Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge kompaniya tarixida rekord darajadagi miqdorda sotilgan flagmanlardir.

Qolaversa, Samsung shu yilning ilk choragida jami 92.8 million dona telefon sotgan bo‘lsa, ularning 92.8% ini, ya’ni 80 milliondan oshig‘ini smartfonlar tashkil qiladi. Buni xalqaro smartfon bozori bilan taqqoslasak, Samsung’ning jahon smartfon bozoridagi ulushi bu chorakda 23% ni tashkil qiladi. Ya’ni, kompaniya jahonning eng peshqadam smartfonsozi bo‘lib turibdi.

Koreyalik IT-gigant Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus smartfonlaridan keyingi yilga qadar kamida 60 million dona sotishni reja qilmoqda. Bu ishlab chiqaruvchi uchun xomxayol bo‘lib tuyilishi mumkin. Biroq, bu smartfon “ajdodi”ga qaraganda ham texnik, ham estetik jihatdan ilg‘ordir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.