Galaxy S8 AQSh bozorida “1-raqamli” iPhone 7 savdosiga qanday ta’sir qildi?

Galaxy S8 AQSh bozorida “1-raqamli” iPhone 7 savdosiga qanday ta’sir qildi?

iPhone 7 hamda iPhone 7 Plus AQShdagi eng ommalashgan smartfonlar ro‘yxatida yetakchilikni saqlab qolishdi. Bu to‘g‘rida Kantar Worldpanel ComTech tahlil kompaniyasining 3 oy davomidagi izlanishlarida ma’lum bo‘ldi. Oxirgi 3 oy davomida sotilgan smartfonlar orasida bu flagmanlarning ulushi 20,1% ni tashkil qilmoqda. Amerika bozorida iPhone’ning umumiy ulushi 5,8% ga oshib, 36,5% ga yetgan.

Xitoyda esa Android qurilmalari ulushi bir yilda 79,1% dan 83,4% ga ko‘paygan, iOS qurilmalari esa aksincha — 3,8% ga tushib, 16,2% ga kamaygan. Shuningdek, AQShda Android qurilmalari miqdori 67,6% dan 61,7% ga pasaygan. Xitoydagi iOS ulushi pasaygan bo‘lsa ham, Apple smartfonlari savdosi ko‘tarilib, 16,2% ga yetgan.

Martdan aprelga qadar AQShda sotilgan smartfonlarning 8,1% ini Samsung’ning Galaxy S8 smartfonlari tashkil qiladi.

Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyada, ya’ni EU5 mamlakatlarida Android ulushi 78,3% ni, iOS ulushi esa — 19,3% ni tashkil qilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.