Galaxy S8 egalari aziyat chekayotgan yoqimsiz muammo

Galaxy S8 egalari aziyat chekayotgan yoqimsiz muammo

Joriy yilning mart oyida taqdim etilgan va ayni damda jahon smartfon bozorining “shoh asar”laridan biri bo‘lib turgan Samsung Galaxy S8 flagman smartfoni sotuvga chiqqan kunidan boshlab kichik nosozliklar va muammolar girdobida qoldi.

Jumladan, Samsung Galaxy S8 ekranining o‘ta yupqa himoya shishasi juda mo‘rt bo‘lib, unga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish kerak. Bu muammo ommaviy ravishda e’tirof etilmoqda.

Galaxy S8 qator blogerlarning “mo‘ljali”ga ham tushib ulgurdi. Jumladan, taniqli bloger Aleks Eksler yap-yangi geleksi plastik korpusli klaviaturaga yengil urilib ketishi oqibatida ekran shishasidan ayrilib qolganini yozadi.

SquareTrade xalqaro sug‘urta kompaniyasi ham Galaxy S8 bilan bog‘lik “kresh-test”larni o‘tkazib ko‘rdi. Korpusning himoyalanganlik darajasini aniqlaydigan bu testga ko‘ra, koreyalik yangi smartfonning korpusi eng past darajani ko‘rsatgan.

Natijalarga ko‘ra, Galaxy S8 100 dan 76 ball to‘plagan. Mutaxassislarning fikricha, korpusni qoplab olgan himoya shishasi juda nozik va yengil zarblar ham unga darz ketkaza oladi. Bu muammo Galaxy S8’ning metall ramkaga ega bo‘lmagani bilan bog‘liq.

Nemis tadqiqotchilari ham shunday tajriba o‘tkazib ko‘rishdi: Galaxy S8 flagmanini 80 sm o‘lchamidagi maxsus silindr shaklidagi idishga solib, aylantirib ko‘rishadi. Ma’lum bo‘lishicha, Samsung smartfoni ekrani ustiga yotqizizlgan Gorilla Glass 5 shishasining pishiqligi aksariyat smartfonlar ekraniga qaraganda 2 barobar mo‘rt ekan.

Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, Galaxy S8 korpusining yassi burchaklari — flagmanning nozik nuqtasi va smarfton noxos qo‘ldan tushib ketgan birinchi galdayoq bu jihat pand berib qo‘yishi mumkin. Imkon qadar, smartfonni chexol bilan tutgan afzal.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!