Galaxy S8 flagmani 255 dollargacha arzonlashdi!

Galaxy S8 flagmani 255 dollargacha arzonlashdi!

Samsung korporatsiyasining 2 oy oldin bozorga chiqarilgan Samsung Galaxy S8 flagmani kompaniyaning o‘zida $720, Galaxy S8+ flagmani $840 dollardan sotilayotgan edi.

Iyunning boshida kompaniya taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 21 apreldan boshlab yangi smartfonlardan 1 milliondan ziyod dona sotilgan. Taqqoslash uchun aytish mumkinki, S6 va S7 savdoga chiqarilganidan so‘ng 75 kun ichida 1 million donadan sotilgan. S8’ning sotilish sur’ati esa “ajdodlari”dan 2 barobar tezroq.

Shunday bo‘lsa ham, Galaxy S8 kompaniya kutgani kabi jadal ommalashmayapti. Buning omillari bor. Ekspertlarning fikricha, buning birinchi sababi — narx-navo juda yuqori. Olib sotar kompaniyalar ham flagmanlarning talash bo‘lib sotilishiga umid qilib, bahoni 1000 AQSh dollarigacha chiqarib yuborgan edilar.

Shu sababli, ayni paytda kompaniya narx masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ba’zi mamlakatlarda, jumladan Yevropada Galaxy S8 mobil aloqa vositasi 255 AQSh dollariga arzonlashib, 2016 yilning Galaxy S7 flagmanining bahosi bilan tenglashgan.

Bizga yaqin bo‘lgan Rossiya bozorini o‘rganganimizda esa, Samsung Galaxy S8’ning 23 foizga arzonlashganiga guvoh bo‘ldik. Avvaliga Rossiyada 950 AQSh dollaridan sotilayotgan gadjetning narxi 2 oy o‘tib, 15 iyunda 738 dollarga tushib ketgan.

Poytaxtimizdagi “Malika” savdo majmuasida 5 iyun holatida Samsung Galaxy S8 5.9 million so‘mdan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Samsung S8 2017 yilning 29 martida taqdim qilingan edi. Nyu-Yorkda o‘tkazilgan taqdimotdan so‘ng, jamoatchilik orasida smartfon sanoatida yangi davr kelganligi xususida shov-shuvlar ko‘tarildi. 5,8 dyuymli, 2960 x 1440 pikselli ekranga ega gadjet 2017 yilning ilg‘or Qualcomm Snapdragon 835 protsessorida ishlaydi. Uning 4 Gbayt tezkor va 64 Gbayt doimiy xotirasi, 12 megapikselli bosh kamerasi va elektr sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyatori mavjud.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!