Galaxy S8 kamerasi DxOMark reytingida Galaxy S7 bilan bir xil ball to‘pladi

Galaxy S8 kamerasi DxOMark reytingida Galaxy S7 bilan bir xil ball to‘pladi

Samsung yildan yilga smartfonlarini ilg‘or kameralar bilan jihozlashga harakat qilib keladi. Jumladan, 2016 yilda Galaxy S7 va Galaxy S7 edge flagmanlari DxOMark — fotosuratlar sifatini baholaydigan xizmat reytingida Google Pixel va Pixel XL smartfonlariga qadar eng yuqori o‘rinda bo‘lgan.

DxOMark 2017 yilning bugungi kuniga qadar taqdim qilingan smartfonlar kameralarining imkoniyatlariga baho berib, koreyalik ishlab chiqaruvchining yangi — Galaxy S8 va S8+ flagmanlari imkoniyatini 88 ballga baholagan, ya’ni S7 va S7 edge bilan bir xil.

Shunday bo‘lsa ham, Galaxy S8 nisbatan yaxshiroq avtofokus tizimi, oq tus me’yorini belgilash, “vizual shovqin”ni kamaytirishda ilg‘orroq. Galaxy S8 video tasvir olishda, xususan tasvirda dinamik diapazonning kengligini berishda ham “ajdodi”dan yaxshiroq.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!