Galaxy S8 ko‘z kataraktasiga sabab bo‘lishi mumkin

Galaxy S8 ko‘z kataraktasiga sabab bo‘lishi mumkin

Samsung Galaxy S8 smartfoni ko‘zning ko‘rish qobiliyati bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, flagman foydalanuvchilari ommaviy ravishda flagmandagi ko‘zning pardasini tekshiruvdan o‘tkazuvchi skanerdan foydalangach, ko‘z qismida achishni, bosh og‘rig‘i va bosh aylanishini payqashganini ma’lum qilishmoqda.

Shu sababli, ko‘pchilik foydalanuvchilar smartfondagi bu funksiyani o‘chirib, undagi an’anaviy barmoq izlarini oluvchi biometrik skanerdan foydalanishni afzal ko‘rishmoqda. Samsung vakillari esa bu shikoyatlarni rad etib, texnologiyaning xavfsiz ekanini aytishgan.

Biroq, tibbiy tadqiqtolardan ma’lum bo‘lishicha, ko‘z pardasidagi oqsil infra-qizil nurga ta’sirchan. Galaxy S8’ning ko‘z skaneridan tarqaladigan nurlanish ko‘zning gavhariga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Natijada, skanerdan muntazam va tez-tez foydalanish ko‘zning katarakta xastaligi bilan og‘rishi va boshqa kasalliklarga chalinishi xavfini oshiradi.

Galaxy S8’ning aksariyat foydalanuvchilari ko‘z orqali tizimga kirish xavfsizlik nuqtayi nazaridan ishonchli ekaniga shubha qilishmoqda. Bir muddat avval hakkerlar guruhi Samsung Galaxy S8’ning ko‘z pardasi skanerini rangli printer hamda kontakt linzasi yordamida tayyorlangan ko‘zning infraqizil surati orqali aldashga muvaffaq bo‘lishgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!