Galaxy S8: “Malika”ning 6.7 mln.lik smartfonidagi eng katta muammo

Galaxy S8: “Malika”ning 6.7 mln.lik smartfonidagi eng katta muammo

Amerikaning SquareTrade elektronika mahsulotlarini sug‘urtalash xizmatining xabar tarqatishicha, Galaxy S8 va the Galaxy S8+ bu xizmat shu vaqtga sinab ko‘rilgan smartfonlar orasida yuqoridan tashlaganda korpusi har tomonidan darz ketgan ilk mobil telefon bo‘ldi.

Tobora ommalashib borayotgan flagmanlar smartfonlarga xizmat ko‘rsatuvchi ustaxonalar daromadining oshishiga ham beminnat xizmat qiladi. Ayni kunda AQShdagi telefonlarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlarga Galaxy S8 va S8’da yuzaga kelgan nosozliklar bo‘yicha 24 soat davomida murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning aksariyati ekranning darz ketishi bilan bog‘liq.

Galaxy S8 va S8+ flagmanlarining muhim jihati “Infinity Display”, ya’ni deyarli romsiz ekran displeydir. Ular eng so‘nggi — Gorilla Glass 5 himoya shishalari bilan qoplangan. Shuningdek, displey quyirog‘idagi metall ramkaga ostki panelning shisha qoplamasi birikib turibdi. Old va orqa tomondan shisha panellarga egaligi ozgina ehtiyotsizlik tufayli qimmat smartfonni jarohatlashga sabab bo‘lishi mumkin.

Galaxy S8 va S8+ telefonlarining ekran detallari Galaxy S7 va S7 edge’nikiga qaraganda arzon. Misol uchun, Galaxy S8 va S8+ smartfonlariga yangi OLED panel qo‘yish $200 dollarga tushadi. Bu Galaxy S7’ning shunday xarajatidan $50-$100 dollarga arzon. iPhone 7’ga ekran qo‘yish uchun esa $300 dollarga tushadi. Apple ham iPhone’ga OLED displey o‘rnatayotganini hisobga olsak, ayfon foydalanuvchilari ham ekrani singan smartfonlarini arzonroqqa ta’mirlash imkoniga ega bo‘ladilar.

Galaxy S8 flagmani $750 dollardan sotuvga chiqarilgan. Ayni paytda, Toshkent shahridagi “Malika” savdo markazida Samsung Galaxy S8 smartfoni 5.7 million, Galaxy S8 Plus esa 6.7 million so‘mdan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!