Galaxy S8 qiyinchilik bilan iPhone 7’ni mag‘lub qildi

Galaxy S8 qiyinchilik bilan iPhone 7’ni mag‘lub qildi

Xalqaro internet tarmog‘ida Samsung Galaxy S8’ning ishlash samaradorligi bo‘yicha imtihon natijalari tarqalib ketdi. Macdigger nashrining ma’lum qilishicha, koreyalik yangi flagman smartfon ichki tizimining faoliyat ko‘rsatish ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘zining “ashaddiy” raqibi bo‘lmish amerikalik iPhone 7’ni zo‘rg‘a mag‘lub qilgan.

Avval xabar berganimizdek, Samsung Galaxy S8 2 xil talqinda – Snapdragon 835 va Exynos 8895 protsessorlari bilan ta’minlangan versiyalarda ishlab chiqarilmoqda. Qualcomm kompaniyasining protsessorlariga ega smartfon talqini Xitoy va AQShda sotiladi. Boisi bu bozorlarda CDMA va TD-SCDMA, ya’ni Qualcomm protsessorlarida ishlaydigan smartfon talab etiladi.

Har ikkala protsessorning texnologik ishlash jarayoni Samsung tomonidan ishlab chiqarilgan va 10 nanometrni tashkil qiladi. Har ikkala talqindagi Galaxy S8 egalari bu protsessorlar faoliyatidagi farqni sezmaydilar. Ya’ni, ularning ishlash samaradorligi deyarli bir xil.

Shunday qilib, mobil qurilmalar salohiyatini baholaydigan AnTuTu benchmarkida Galaxy S8’ning Exynos 8895 protsessoriga ega talqini 174,155 ball to‘plashga erishgan. Ya’ni, u samaradorlik bo‘yicha reyting lideri bo‘lgan iPhone 7 Plus’ni ortda qoldirgan. Samsung Galaxy S8’ning Snapdragon 835 protsessoriga ega talqini esa 162,101 ball to‘plagan. Bu esa 173 110 ball to‘plagan “Olma” smartfonidan ancha pastroq.

Galaxy S8 va Galaxy S8+ smartfonlari anonsi 29 mart kuni AQShda o‘tkazildi. “Nihoyasiz displey”li smartfon laqabini olgan mobil aloqa vositalari ikki yonga silliq dizaynda bukilgan 5,8 va 6,2 dyuymli displey, ko‘zning rangdor pardasini aniqlash va yuz-qiyofani tanish texnologiyasi, shuningdek Bixby ovozli yordamchisi, 12 MP bosh va 8 MP old kamera hamda chang va suvni yuqtirmas IP68 standartidagi korpus bilan ta’minlangan.

Ishlab chiqaruvchi Galaxy S8 uchun 977 hamda Galaxy S8+ uchun 1,066 AQSh dollari so‘ramoqda. MDH davlatlarida smartfonlarni aprel oyi oxirlaridan xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Galaxy S8 to‘g‘risida bu materialda batafsil o‘qing.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!