Galaxy S8: yorqin fotosuratlarda ayfon bilan taqqoslandi (foto)

Galaxy S8: yorqin fotosuratlarda ayfon bilan taqqoslandi (foto)

SlashLeaks nashri yilning intiqlik bilan kutilayotgan Android-flagmani — Samsung Galaxy S8 aniq-tiniq aks etgan fotosuratlarni e’lon qildi.

Surat shu vaqtga qadar insayderlar ma’lum qilgan hamda Mobile World Congress anjumanida Samsung tomonidan e’lon qilingan Galaxy S8’ga oid barcha ma’lumotlarga muvofiq keladi. Jumladan, suratdagi smartfonning ikki yonga bukik displeyi imkon qadar hoshiyalaridan xoli dizaynda bo‘lib, old paneldagi ekran ulushi har qachongidan oshgan.

Shuningdek, ushbu suratlarda muallif Galaxy S8 smartfonini iPhone 7, iPhone 7 Plus hamda LG 20, Galaxy S8 Plus’ni yaqinda taqdim qilingan 5,7 dyuymli Honor V9 bilan yonma-yon suratga olgan.

Quyida ushbu fotosuratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Galaxy S8 taqdimotigacha ma’lum barcha tafsilotlar bilan quyidagi manzilda tanishing:

Galaxy S8: taqdimotgacha ma’lum barcha tafsilotlar