Galaxy S9’dagi ajoyib funksiyalar endi Samsung’ning boshqa smartfonlariga ham joriy etildi!

  •   DiMaX
  •  1744
  •  19.09.2018 13:48

Galaxy S9’dagi ajoyib funksiyalar endi Samsung’ning boshqa smartfonlariga ham joriy etildi!

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Samsung Galaxy S9 va Galaxy S9+ flagmanlarida kamera imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratganini bilamiz. Ularning kamerasi o‘shangacha bozorga chiqarilgan har qanday smartfon imkoniyatlaridan kamida to‘rt baravar yuqori bo‘lgandi.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 4. Soniyada 960 kadr tezligida slow-mo video oluvchi kamera (+video)

Endi esa Samsung kompaniyasi ayni mana shu imkoniyatni nisbatan avvalgi flagman modellariga ham tatbiq etishga qaror qildi. Aniqroq qilib aytganda, Galaxy S8, Galaxy S8+ hamda Galaxy Note 8 modellarining kameralari ham Super Slow Motion funksiyasiga ega bo‘ldi. Bu degani – ularda endi soniyasiga 960 kadrgacha (15 karradan oshiq) tezlikda sekinlatish imkoni bo‘ladi.

Bundan tashqari, mazkur uchta rusumdagi qurilmalar egalari selfimodjilardan ham foydalanishlari mumkin. Bu – murakkab dasturiy algoritmlar yordamida selfilardan yaratiladigan animatsiyali smayliklardir. Foydalanuvchi o‘z yuz qiyofasining raqamli tasvirini yaratadi, keyin esa unga ovoz ham qo‘shadi. Tayyor selfimodjilarni esa birovlarga jo‘natish ham, saqlab qo‘yish ham mumkin.

Galaxy S8, Galaxy S8+ hamda Galaxy Note 8 smartfonlariga 2018 yilning 18 sentyabridan tarqatila boshlagan yangilangan proshivka ushbu yangi imkoniyatlarni, shuningdek, Android xavfsizlik tizimi uchun yangi patchlarni ham o‘z ichiga oladi. Apdeyt fayli hajmi 550 MB atrofida bo‘lib, «havo orqali» keladi. Shuningdek, bu yangi proshivka ham o‘rnatish uchun telefon batareyasining quvvati 50 foizdan kam bo‘lmasligi lozim (to‘liq bo‘lsa yanayam yaxshi).

O‘QING: Samsung Galaxy J4+ va J6+: bir yo‘la ikkita arzon smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.